02 avgust 2019, Juma
9
0
Aholini royxatga olishning jamiyatdagi ahamiyati
Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi Ozbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini royxatga olishni otkazish konsepsiyasini tasdiqlash togrisidagiPF-5655-son farmoniga muvofiqOzbekiston Respublikasining Aholini royxatga olish togrisidagi qonuni loyihasi ishlab chiqildi va mazkurFarmon ijrosi yuzasidan viloyat hokimining taalluqli qarori qabul qilindi.
Har qanday davlatning tarixi bu, birinchi navbatda, unda yashaydigan xalqning tarixi, aholisining soni va tarkibi, uning iqtisodiy va ijtimoiy tavsiflarida oz ifodasini topadi. Aholi soni boyicha aniq va yaxlit malumotlar aholini royxatga olish asosida olinadi.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda birinchi marotaba aholini royxatdan otkazish rejalashtirilayotganligini alohida takidlashimiz kerak. Aholini royxatga olish yakunlariga qarab otmish va hozirgi davr haqida fikr va mulohazalar yuritish hamda kelajakni prognoz qilish mumkin boladi.
Mamlakatimiz aholi sonini aniq hisoblab chiqish ularning jinsi, yoshi, oilaviy ahvoli, malumoti, turmush darajasi, yashash sharoiti, bandligi, millati, fuqaroligi hamda boshqa demografik, ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari boyicha yagona malumotlar bazasini yaratish maqsadida, davlatimiz rahbari tomonidan Ozbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini royhatga olishni otkazish konsepsiyasini tasdiqlash togrisida gi farmon imzolandi.
Mazkur Farmon mamlakatimiz taraqqiyoti yolida qolga kiritilajak asosli va ishonchli malumotlar bazasini yaratish, respublikadagi ijtimoiy vaziyatga yanada oydinlik kiritishga xizmat qiladi.
CHunki mahalliy hamda horijiy kompaniyalarning samarali faoliyatida hududlardagi real holatni bilish, prognoz qila olish muhim omillardan sanaladi.
BMT tavsiyalariga kora, aholini royxatga olish 10 yilda kamida bir marotaba otkazilishi belgilangan. Mustaqillik yillarida Ozbekiston Respublikasida aholini royxatga olish otkazilmagan. Aholining soni, yosh-jins tarkibi, hududiy joylashuvi xususiyatlari va boshqa ijtimoiy-demografik holatlaridagi ozgarishlar aholining joriy hisobi boyicha mavjud malumotlarni qollashni sezilarli darajada cheklamoqda.
Mazkur hujjat bilan tasdiqlangan konsepsiyaga asosan, Ozbekistonda 2022 yilda aholini royhatga olish ishlari olib boriladi.
Bunda viloyatimizning yangi, mukammalkadastr xaritasi yaratiladi deganidir. Bundan tashqari, farmonga muvofiq Ozbekiston Respulikasida 2022 yilda aholini royhatga olishni otkazishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturi ham tasdiqlandi.
Xududiy komissiyalarning asosiy vazifalari etib hududlarda aholini royxatga olishga tayyorgarlik korish, otkazish va natijalarni elon qilishga doir chora-tadbirlarning oz vaqtida hamda sifatli bajarilishini taminlash vazifasi yuklatildi.
Royhatga olish jarayonida toplanadigan statistik malumotlar endilikda yagona elektron axborot tizimiga kiritiladi. Natijada viloyatimizningshahari, tumanidan tortib mahallasiyu kochasigacha, chekka qishloqrigacha aloqador barcha malumotni ozi aks ettirgan keng qamrovli axborot manbaiga ega boladi. Bu qimmatli malumotlar ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni prognoz qilish, bandlik sohasidagisiyosatni belgilash, ijtimoiy siyosat va aholi salomatligi boyicha dasturlarni yaratishda, shuningdek davlat xokimiyati organlarining vazifalarini bajarishi, fan va jamiyatni axborot bilan taminlash uchun zarurdir.
Xulosa shuki, aholini royxatga olish malumotlaridan milliy barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda va monitoringni yuritishda, aholi punktlarining infratuzulmasini yaxshilashda, mehnat resurslaridan foydalanish va joylashtirish boyicha qisqa, orta va uzoq muddatli prognozlar, dasturlarni ishlab chiqishda foydalaniladi. Bu omil jamiyat taraqqiyotining negizi ekanligi shubhasiz. dle 12.0